Ici vous pouvez télécharger le fichier APK "Go" pour Android gratuitement, pour télécharger la version apk du fichier - 11.0 sur votre Android appuyez simplement sur ce bouton. C'est simple et sécurisé. Nous fournissons uniquement les fichiers apk d'origine. Si l'un des éléments de ce site viole vos droits, veuillez nous en informer
Bola tug'ilgach, uni ko'krak suti bilan oziqlantirish zarur. Chunki ona sutida go'dak uchun zarur oziqlar, yuzdan ortiq mikroelementlar bor. Bolaning suvga bo'lgan ehtiyoji ham sut hisobiga qoplanadi. Sun'iy oziqlantiriladigan bolalar emiziladigan go'daklarga qaraganda turli kasalliklarga chalinish xavfiga ko'proq duchor bo'lishi aniqlangan. Bolani ko'krak suti bilan oziqlantiradigan onalarda saraton kasalligi kelib chiqishi xavfi kamayadi.
Go'dakni tabiiy usulda parvarishlash, birinchi navbatda, ona suti bilan oziqlantirishdan boshlanadi. Ona suti tarkibidagi taurin, natrofil moddalari bola miyasining yaxshi rivojlanishi uchun juda zarur.
Bu jihatlar e'tiborga olinib, BMTning Bolalar jamg'armasi - YuNISEF go'daklarni ona suti bilan boqish haqida butun dunyoda keng targ'ibot ishlari olib bormoqda. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan "Bexatar onalik" dasturi amalga oshirilayotir. Unda ko'zda tutilgan homiladorlik tabiiy jarayon ekani e'tiborga olinib, bu davrni iloji boricha dori-darmonsiz o'tkazish, homilador ayolni moddiy, ma'naviy, ruhiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, chaqaloq dunyoga kelgan lahzadanoq ona bag'rida parvarishlashga oid tavsiyalar berilgan.